Rodanid kislota
Rodanid kislota (tiosianat kislota), HSCN — rangsiz, o’tkir hidli suyuq modda. Molekulyar moddasi 59,09. Rodanid kislota va hosilalarining 2 ta struktura shakli ma’lum. R—N yoki metall ioni bo’lganda, asosan, I shaklda, organik hosilalari esa ikkala shaklda ham uchraydi. -90°dan past tradagina barqaror, -110° da oq kristall, -85°da trimer — rodanur kislota (HSCN)3 hosil qiladi. Undan yuqori tralarda polimerlanish darajasi ortadi, sariq rangdan qizil rangga va to’q jigarrangga o’tadi. 3 atrofida polimerlanadi. Suv, efir va spirtda yaxshi eriydi. Kuchli kislotalar jumlasiga kiradi.