Rod-Aylend
Rod-Aylend — AQShning Atlantika okeani sohilidagi shtat, yangi Angliyada. Maydoni 3,1 ming km2. Aholisi 1,1 million kishi (2002). Ma’muriy markazi, yirik shahri va asosiy porti — Providens. Rod-Aylend hududi bo’yicha eng kichik, biroq aholisi nisbatan zich, sanoati rivojlangan shtatlardan. Sanoatining etakchi tarmoqlari: to’qimachilik, turli xil mashinasozlik va metallsozlik, rezina, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, galantereya, poligrafiya sanoatlari. Qishloq xo’jaligida chorvachilik yetakchi o’rinda. Shaqar aholisi iste’moli uchun sutli mahsulotlar tayyorlanadi, parrandachilik, mevachilik bilan shug’ullaniladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan.