Robinson (Robinson) Joan Vayolet

Robinson (Robinson) Joan Vayolet (1903.31.10, Kamberli — 1983. London) — ingliz iqtisodchisi. Kembrij universitetini tugatgan. 1965-71 yillarda shu universitetda professor. A. Marshall maktabining taniqli vakili. Robinson makroiqtisodiy jarayonlar tahlilidagi umumiy yondoshuvlarda J.M.Keynsta, taxlilning asosiy kategoriyalari (daromad, ish haqi, foiz kapital)ga yondoshuvda A. Marshall va D. Rikardoga tayanadi. 20-asrning 30-yillari boshida nomukammal raqobat nazariyasini, 50-yillarda o’zining iqtisodiy o’sish nazariyasini yaratdi. 1933 yilda nashr etilgan «nomukammal raqobat iqtisodiyoti» asari unga katta shuhrat keltirdi. Robinsonning asarlari monopoliyalar faoliyatida bozorlarning o’rni muammolarini aniqlash va o’rganishga bag’ishlangan.