Robbins (Robbins) Frederik Chapmen

Robbins (Robbins) Frederik Chapmen (1916.25.8, Oberne, Alabama) — Amerikalik virusolog. AQSh Milliy (1936); Bostondagi bolalar kasalxonasi xodimi (1940-42, 1948-50); Klivlend shahar bosh kasalxonasi pediatriya va infektsion kasalliklar bo’limi rahbari (1952— 66), Klivlend universiteti tibbiyot maktabi dekani (1966 yildan) poliomielit virusini undirish texnikasini ishlab chiqqan, bu keyinchalik poliomielitga qarshi vaktsina yaratilishiga imkon berdi. Infektsion gepatit, toshmali terlama va ku isitma epidemiologiyasini o’rgangan. Nobel mukofoti laureati (1954, J. Enders va T. Ueller bilan hamkorlikda).