Rodanidlar, tiosianatlar

Rodanidlar, tiosianatlar — rodanid kislotaning hosilalari. Umumiy formulasi RSCN (R — bir valentli metall yoki organik radikal, SCN — rodan yoki tiosian ion). Anorganik Rodanidlar — tuzlar, masalan, kaliy rodanid, ammoniy rodanid. Ko’pchilik Rodanidlar suvda yaxshi eriydi. Rodanidlar tsianidlarga oltingugurt qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi. Koks gazini tozalashda ham ko’pgina miqdorda Rodanidlar ajraladi. Anorganik Rodanidlar analitik kimyoda, organik Rodanidlar insektisid, Fungisit, bakterisid va gerbitsidlar sifatida ishlatiladi.