«Rohat»

«Rohat» — o’zbek xalq kuyi. Rost maqomining Ushshoq sho»basi asosida yaratilgan. «Rohat» dastlab jozibali dutor kuyi sifatida tanildi. Keyinchalik tanbur, rubob, chang kabi cholg’ularga ham moslashtirib ommaviylashgan. «Rohat» kuyining musiqa shakli xona va bozgo’y, shuningdek, peshrav vositalari qo’llanishi natijasida hosil bo’ladi. Jo’shqin sur’atli uslubda ijro etiladigan «Rohat» kuyi raqsga ham jo’r bo’lishi mumkin. Mohir g’ijjakchi S. Gabrielyan tomonidan «Rohat» o’zbek xalq cholg’ulari orkestriga moslashtirilgan.