ROJKUT

ROJKUT — Hindistondagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 790 ming kishi (2001). Katxiyavar yarim orolidagi transport yo’llarining muhim tuguni. Aeroport bor. Qishloq xo’jalik rayonining savdo-sanoat markazi. Ip gazlama sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, mashinasozlik va elektronika sanoati korxonalari; universitet bor. Mineral o’g’itlar ishlab chiqariladi.