Rojputlar, rajputlar

Rojputlar, rajputlar — o’rta asrlarda Hindistondagi harbiy kasta—tabaqa; hoz. Shimoliy Hindistondagi kasta. Rojputlar ajdodlari milodiy 1-ming yillik o’rtalarida, asosan, Rojasthon hududida yashaganlar. Rojputlar o’zlarini qadimgi Hind qahramonlari va shohlari — kshatriylarning avlodi (o’zlarini Rojputlar yoki rojaputra — shoh o’g’li deb atashlari shundan) deb hisoblaydilar.