Rokirovka

Rokirovka [Fransuzcha roguer, asli forscha Rox (shaxmatdagi rux) so’zidan] — shaxmat o’yinida shoh va ruxni bir vaqtda dastlabki joyidan qo’zg’atib (o’rnini o’zgartirib) qo’yish (shohni — bir katak tashlab chapga yoki o’ngga, ruxni — shoh surib qo’yilgan katak ustidan o’tkazib chap yoki o’ng tomonga). Shohni o’z tomonidagi rux bilan o’rnini o’zgartirib qo’yish kichik Rokirovka, farzin tomondagi rux bilan o’rnini o’zgartirib qo’yish katta Rokirovka hisoblanadi. Rokirovkaning hozirgi qoidasi 19-asr o’rtalaridan Yevropada qo’llanila boshlagan. «Rokirovka» termini, shuningdek, o’zgartirishlar, joy-joyni almashtirish (masalan, siyosatdagi Rokirovka) ma’nosida qo’llaniladi.