Rolgang

Rolgang (nemischa Rolle — gula va Gang — yo’l) — yuklarni kichik masofaga tashish uchun mo’ljallangan qurilma (rolikli konveyer). Yuritmali va yuritmasiz xillari bor. Yuritmali Rolgangda roliklar guruhli yoki xususiy yuritma (harakatlantirgich)ga ega bo’ladi. Yuritmasiz Rolgangda tashiladigan yuklar (donali, qutiga joylangan yuklar) ramaga bir- biriga yaqin qilib o’rnatilgan roliklar ustiga qo’yiladi. Yukni qo’lda itarganda roliklar dumalab, yukni suradi. Yukni maxsus itargichlar yordamida itarish (gorizontal Rolgang), o’z og’irligi ta’sirida siljitish (kiya Rolgang) ham mumkin. Shunda ham roliklar dumalab yukni suradi. Rolgang sanoat korxonalarida, omborlarda ishlatiladi. U qishloq o’jalik transport mashinalari va boshqalarning bir qismi bo’lishi ham mumkin.