Rokvell usuli

Rokvell usuli — materiallar (asosan, metallar)ning kattikligini aniqlash usullaridan biri. Qattiqlik materialning sirtiga olmos konus (uchidagi burchak 120°, shkala A va S) yoki toblangan po’lat sharcha (diametri 1,588 mm, shkala V) botirib aniqlanadi. Qattiqlik birligi miqdori (Amerika metallurgi S. P. Rokvell usuli bo’yicha) konus (yoki sharcha)ning metall sirtiga o’q bo’ylab 0,002 mm botishiga mos miqdorga teng. Rokvell usuli bo’yicha sinovlar stolga o’rnatib ishlatiladigan asbob — qattiqlik o’lchagichda bajariladi. Qattiqlk miqdori indikatorda o’lchanadi.