Roy Bimal

Roy Bimal (1909.12.7, Dakka — 1967.8.1, Bombay) — hind kinorejisyori, operator, prodyuser. Hind kinosida realistik yo’nalishning asoschilaridan. «Nyu tietr» firmasida operatorlik maktabini tugatgan (1933). 1935— 42 yillar operator. 1943 yildan rejissyor «Devdas» uning birinchi mustaqil ishi. «Ikki bigxa yer», «aka-ukalar», «sirli kishi», «Ona muhabbati», «tahqirlangan», «Sinov», «maxbus» kabi filmlari bilan jahonga tanilgan.