Roksolanlar
Roksolanlar (lotincha Roxolani) ko’chmanchi chorvador sarmat qabilalari nomi; ko’chmanchi qabilalar markazi — Shimoliy Azov bo’yida joylashgan yirik harbiy-siyosiy itgifoqni tuzganlar. Miloddan avvalgi 2-asr oxirida Roksolanlar skiflar bilan ittifoqda Qrimda Pont sarkardasi Diofantga qarshi urushganlar. Miloddan avvalgi 2-1-asrlarda skiflardan don va Dnepr daryolari oralig’idagi dashtni tortib olishgan. Milodiy 1-asrda Roksolanlar Dneprdan G’arbdagi dashtni egallashgan. Taxminan 70-yilda ular Myoziyaga chopkun uyushtirganlar. 2-3-asrlarda Roksolanlar Dunay bo’yida Rim bilan urush olib borishgan, lekin aftidan ularning aksariyati gunnlar bosqiniga qadar (milodiy 4-asr) Qora dengizning shimoldagi dashtlarda istiqomat qilganlar. Gunnlar sarmatlar Ittifoqiga barham berib, Roksolanlarning bir qismini o’zlariga qo’shib, g’arbga yurishni davom ettirganlar.