Romushtepa

Romushtepa — qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 4 — milodiy 4-asrlar). Buxoro viloyati Jondor tumanida joylashgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining R.H.Sulaymonov boshchiligidagi zarafshon arxeologik otryadi tomonidan o’rganilgan (1973). Romush shahrining nomi o’rta asr tarixchilari Nishopuriy, Narshaxiy va Beruniy asarlarida tilga olingan. Romushtepa 3 ta tepadan iborat bo’lib, Markaziy baland qismi «shayxi Kalon», unga G’arb tomondan tutashgan 2tepa «Guli Sang», 3si esa, «Xo’ja Romush» deb ataladi. Arxeologik izlanishlar faqat «Guli Sang»da olib borilgan. Ko’plab sopol buyumlar chiqqan, yodgorlikning stratigrafik davri aniqlangan.