Rossellini Roberto
Rossellini Roberto (1906.8.5 Rim — 1977.3.4) — Italiya kinorejissyori. Italiya kinosida neorealizm asoschilaridan. «Rimochiqshahar» filmi shu yo’nalish manifesti bo’ldi. «Payza», «Muhabbat», «Frantsisk — ilohiy san’atkor», «Yevropa, 51», «Hindiston, 1958», «General Della Rovere», «Rimda tun edi», «Messiya», «Jorj Pompidu nomidagi markaz» (hujjatli film) va boshqa filmlari jahonga keng tarqaldi. 60-yillarda televideniye uchun mashhur tarixiy shaxslar haqida bir qancha filmlarni suratga olgan.