Rotor

Rotor (lotincha rotare — aylantirmoq) — 1) turbina, kompressor, gidronasos yoki gidromotorning aylanuvchi qismi. Ish jismidan energiya hosil qiluvchi yoki energiyani ish jismiga beruvchi organlar Rotorga joylashtiriladi; 2) elektr mashinalarining aylanuvchi qismi. Odatda, stator ichiga joylashtiriladi. Rotorga o’ralgan chulg’am maydoni stator chulg’amining magnit maydoni bilan ta’sirlashib, elektr yurituvchi kuch hosil qiladi; 3) kemaga o’rnatiladigan va kichik dvigatel bilan harakatlantiriladigan aylanuvchi vertikal truba (minora); Rotor yordamida kemani yurgizishda shamol kuchidan foydalaniladi.