Rous (Rous), Raus Frensis Peyton

Rous (Rous), Raus Frensis Peyton (1879.5.10, Baltimor — 1970.16.2, Nyu- York) — amerikalik patolog va onkolog. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Jons Xopkins universiteti tibbiyot maktabini tugatgan. 1909 yildan Nyu-Yorkdagi tibbiy tadqiqot institutida ishlagan, 1945 yildan shu institutning faxriy a’zosi. U tovuqlarda sarkoma paydo qiladigan onkogen viruslarni kashf etgan. O’smalar etiologiyasi va patogenezida viruslar va kantserogen moddalar rolini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1966).