ABDUVAHOBOV

ABDUVAHOBOV Abduvali Abdusamatovich (1941.11.7, Toshkent) — O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi. (1995). Kimyo fanlari doktori (1979), professor. (1981). Toshkent Davlat Universitetini bitirgan (1965). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973 yildan), shu institut direktori (1987— 93), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar bo’limining raisi (1992— 94), vitse-prezidenti (1994-97). Abduvahobov fiziologik faol moddalarning noziq organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar ta’sir mexanizmining kimyoviy mohiyati ustida tadqiqotlar o’tkazgan. Uning rahbarligida hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi bilan bog’liq izlanishlar olib borildi.