ABSSESS

ABSSESS (lotincha abscessus — yiring boylagan joy) — terining shikastlangan joyida mikroblar to’qimalarni yemirishi natijasida yiring to’planishi. Yiring boylagan joy qo’shni to’qima yoki a’zolardan yupqa yoki qalin (piogen) parda bilan ajralib turadi. Abssess teri osti kletchatkasida, muskul, suyak, jigar, o’pka, taloq, miya va boshqa a’zolarda yoki ular oralig’ida paydo bo’lishi mumkin. Abssess bir bemorning bir necha a’zolarida ham kuzatiladi. Abssess mustaqil ravishda yoki boshqa kasalliklar (zotiljam, shikastlanish va hokazo) ning asorati ko’rinishida ro’y beradi. Abssess issiq va sovuq bo’ladi. Issiq Abssessda yiring boylagan joy qizarib shishadi, bemorning temperaturasi ko’tariladi, boshi og’riydi, tomiri tez uradi, uxlay olmaydi. Bunday Abssess shiddatli boshlanadi. Ichki a’zolar (miya, o’pka, jigar va boshqalar) Abssesssi bemor hayoti uchun xavfli. Sovuq Abssessda yuqoridagi belgilar paydo bo’lmaydi. Davosi: to’qima qattiqpashib, hali yiring to’planmagan bo’lsa, issiq kilinadi, kvars lampasi bilan nurlantiriladi, penisillin buyuriladi, Yiring boylagan bo’lsa, jarroxlik usuli qo’llaniladi.