BOG’CHA DARVOZA

BOG’CHA DARVOZA — Xivadagi me’moriy yodgorlik. Ichan qal’anint shimol qismidagi 6 gumbazli darvoza (19- asr). Darvozaxona tarhi 18x 16 metr, barcha gumbazlari shaklan bir xil. Ikkita katta gumbaz dalon (yo’lka) ustida bo’lib, yoniga do’konlar qurilgan. Bog’cha darvozaning old tomoniga ikkita burj — guldastalar (balandligi 13,5 metr) ishlangan. Darvoza usti ravoqli. Sirti va ichki tomoni bezaksiz. Bog’cha darvoza 1959-60 va 1997 yillarda ta’mir qilingan.