Rubsovsk

Rubsovsk — Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasidagi shahar (1927 yildan). Aley daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 165,1 ming kishi (1998). Rubsovsk — qishlo xo’jalik mashinasozligining yirik markazi. «Altaytraktor», «Altayselmash» mashinasozlik zavodlari va boshqalar ishlab turibdi. Oziq-ovqat, yengil sanoatlari mavjud. Drama teatri, telemarkaz faoliyat ko’rsatadi.