Rudimentlar

Rudimentlar (lotincha Rudimentum — murtak, negiz), rudiment organlar — filogenez jarayonida organizmda o’z ahamiyatini yo’qotgan, ajdodlar va yaqin turlardagiga nisbatan soddalashgan, kam rivojlangan organlar. Rudimentlar embrional rivojlanish davrida shakllana boshlab, to’la-to’kis rivojlanmaydi. Rudimentlarga kushlarning kichik boldir suyagi, g’orda va tuproq ichida yashovchi hayvonlar (Protey, ko’rsichqon)ning ko’zlari, kitsimonlarning jun qoplami va chanoq suyaklari qoldiqlari, odamning dum umurtqalari, tanadagi junlari, quloq muskullari, appendiks o’simtasi va boshqalar misol bo’la oladi.