Ruhi juvanon
Ruhi juvanon — jaydari o’rik navi. Xalq selektsiyasida yaratilgan. Daraxti kuchli o’sadi. Balandligi 8 metrgacha boradi. Barglari yirik, och yashil. Mevasi iyun oxiri — iyulning boshlarida pishadi, o’rtacha 35-40 gramm, cho’ziqdumaloq. Po’sti silliq, yupqa, eti sariq, ta’mi xushxo’r, suvli. Tarkibida 14— 16% qand, 0,8% kta, 60,38 mg% vitamin S bor. Danagidan qiyinroq ajraladi. Danagi yirik, mag’zi shirin. Ko’chati o’tqazilgach, 5—6-yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidami o’rtacha. Nam bilan yetarli ta’minlangan tuproqlarda yaxshi hosil beradi. 10-12 yoshida daraxtidan 30-55 kilogramm, 20-25 yoshida 60-70 kilogramm hosil olinadi. Mevasi xo’lligicha yeyiladi, murabbo, kompot, turli konservalar qilinadi, sharbat tayyorlanadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.