Ruhiy hayajon

Ruhiy hayajon — shaxsning o’z harakatlari ahamiyatini tushunish yoki ularni boshqarish qobiliyatini pasaytiradigan holati; jinoyat huquqida jabrlanuvchining noqonuniy harakatlariga sabab bo’lgan qattiq ruhiy hayajonlanish yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Hayajonlanish holati qator o’ziga xos belgilarga ega. Mazkur alomatlar faqat mutaxassislar tomonidangina aniqlanishi lozim. Shu bois, aybdor shaxsga berilgan psixologik ekspertiza xulosasi ishga oid isbotlar bilan birga sud tomonidan inobatga olinadi.