Rukn

Rukn — Islomda eng muhim sanalgan 5 ta vazifa. Unga kalimai shahodat, namoz, zakot, ro’za va haj ibodatlari kiradi. Rukn talablarini bajarish Islomda har bir musulmon uchun farz hisoblanadi. Lekin ba’zi istisno holatlarda bu majburiyat zimmadan soqit bo’ladi. Masalan, boyligi shariat belgilagan ma’lum miqdor (nisob)ga etmagan kishi zakot bermaydi yoki imkoni bo’lmagan musulmon uchun haj ibodatini amalga oshirish shart hisoblanmaydi.