Ruqiya begim

Ruqiya begim (15-asr) — temuriy malikalardan. Shohruxning o’g’li Ibroxim Mirzoning xotini. Ularning nikohidan 3 o’g’il farzand: Sulton Abu Ishoq Mirzo (1419-27), Ismoil Mirzo (1423 — 32), Abdullo Mirzo (1433-51) dunyoga kelgan. Ruqiya begim eri vafotidan so’ng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan Abdullo Mirzo yosh bo’lgani tufayli Otabek Shamsuddin Sheroziy bilan birga davlatni idora etgan.