Rur ko’mir havzasi

Rur ko’mir havzasi, quyi Reyn Vestfaliya ko’mir havzasi — Germaniyadagi Rur daryosi (Reyn daryosining o’ng irmog’i) sohilida joylashgan ko’mir havzasi. 13-asrdan ma’lum, 19-asrning o’rtalaridan faol ravishdao’zlashtirilgan. Maydoni taxminan 6200 km2. Ko’mir karbon davriga mansub 125 ko’mir qatlamlarini tashkil qilgan, ulardan 30-40 tasi sanoat ahamiyatiga ega (qalinligi 0,8 — 4 metr). Koks bo’ladigan ko’mirlari 65% ni tashkil etadi. Rur ko’mir havzasida ko’mir yer osti usulida qazib olinadi. Ko’mirning sifati yuqori: o’rtacha ko’lliligi 3-8%, oltingugurt 0,5—1,5%, yonish issiqligi 36,2 MJ/kg. Umumiy zaxiralari (2000 metr chuqurlikkacha) taxminan 214 milliard tonna, sanoat zaxiralari (1500 metr chuqurlikkacha) 20,3 milliard tonna miqdorida baholangan.