Rusa I

Rusa I — Urartu podshosi (miloddan avvalgi 730— 714). Sarduri II ning o’g’li. Ossuriya bilan bo’lgan urushda Urartu yengilgach, taxtga o’tirgan. Davlatni mustahkamlagan, Sevan va Urmiya ko’llari atrofidagi yerlarni bosib olishi hisobiga uning hududini bir qadar kengaytirgan. Ossuriya va kimmeriylar bilan kurash olib borgan, ulardan yengilgan. Rusa I davrida Urartu zodagonlarining yirik qo’zg’olonlari sodir bo’lgan.