Rus alifbosi

Rus alifbosi — ruscha nutqning tovush tarkibini ifodalovchi hamda milliy rus tilining yozma va bosma shaklini hosil qiluvchi belgi-harflarning izchil qatori. Rus alifbosi asta-sekin qadimgi Slavyan yozuvi kirillisadan kelib chiqqan. 1918 yilda hozirgi ko’rinishga ega bo’lgan. 33 harfdan iborat: ularning 20 tasi undosh tovushlarni (b, p, v, f, D, t, z, s, j, sh, ch, ts, TSh, g, k, x, m, n, l, r), 10 ta harf unlilarni — a, e, o, i, i, u sof unlilarni va «y+unli» (ya, e, yo, yu) birikmalarini ifodalaydi. Y harfi «bo’g’in hosil qilmaydigan i» ni yoki j undoshini bildirsa, ‘, b — ayrish va yumshatish belgilari alohida tovushni bildirmaydi. Rus alifbosi sobiq SSSRdagi (va hozirgi Rossiya Federatsiyasidagi) ko’plab xalqlarning alifbolariga asos bo’lgan (masalan, 1940 yil may oyida qabul qilingan va hozirgacha amalda bo’lgan o’zbek alifbosi Rus alifbosi asosida, unga muayyan o’zgartishlar kiritish yo’li bilan yaratilgan). Dastlab (11-asr) qabul qilingan Rus alifbosi uzoq vaqt hozirgi ko’rinishidan harflar tarkibi va ularning nomlanishi bilan farqlanib turgan. Harflarning tarkibi esa ko’p asrlar mobaynida deyarli o’zgarishsiz qolgan. Alifbo tarkibining dastlabki qonuniy o’zgarishi Pyotr I ning (1708-10) va Fanlar Akademiyasining (1735, 1738 va 1758) islohotlari bilan bog’liq (bunda harflarning shakllari soddalashtirilib, bir necha eskirgan belgiharflar alifbodan chiqarilgan; ya, y singari harflar kiritilgan). Bunga qadar bo’lgan o’zgarishlar haqida faqat rus tili yozma yodgorliklarini kuzatish orqaligina hukm chiqarish mumkin.