Rus-fors urushlari

Rus-fors urushlari (19-asr) Zakavkazening hukmronlik qilish uchun Rossiya bilan Eron o’rtasidagi urushlar: 1) 1804-13 yillardagi rus qo’shinlarini zakavkazedan olib chiqib ketish haqidagi ultimatum rad etilgach, Eron tomonidan boshlangan. Rus qo’shinlari bir necha g’alabalarga erishgan va shimoliy Ozarbayjon hududini egallagan. 1813 yil oktabrda Eron Guliston sulh shartnomasini tuzishga majbur bo’lgan. Unga ko’ra, Eron Dog’istonni, Shimoliy Ozarbayjonning Rossiyaga qo’shilganligini tan olgan; 2) 1826-28 yillardagi Sharqiy Zakavkazeni qaytarib olish maqsadida Eron tomonidan boshlangan. Rus qo’shinlari Naxichevan, Yerevan, Tabrizni egallagan. 1828 yil Fevralda Rossiya bilan Eron o’rtasida Turkmanchoy shartnomasi tuzilgan. Unga ko’ra, Yerevan va Naxichevan xonligi Rossiyaga o’tgan. Rus-fors urushlari natijasida shim. Ozarbayjon va Sharqiy Armaniston Rossiyaga qo’shilgan.