Rus, rus yeri
Rus, rus yeri — Dnepr daryosi sohilining o’rta qismida tashkil topgan Sharqiy slavyan davlatining dastlabki nomi (9-asr). 12-asr boshigacha Kiyev Rusi hududining nomi. 12-13-asrlarda qadimgi Rus yerlari va knyazliklarining nomi. 13-asrdan Belaya Rus, Malaya Rus va boshqa joy nomlari paydo bo’lgan. «Rus» atamasi sobiq qadimgi Rus davlatining shim.Sharqiy yerlari nomini anglatib, «ruslar» tushunchasining asosiga aylangan.