Rushdiy Muhammad Siddiq

Rushdiy Muhammad Siddiq (17- asr, Qo’qon) — shoir va yozuvchi. Umrining oxirgi yillarini Qashqarda o’tkazgan. Rushdiyning bizga qadar ixchamgina axloqiy-ta’limiy mazmundagi dostoni hamda katta hajmdagi «Tazkirat ulavliyoi turkiy» asari etib kelgan. «Tazkirat ulavliyoi turkiy»da Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, AtTermiziy, Junaid Bag’dodiy, Ibrohim Adham singari Sharqning 88 mashoyixi haqida ma’lumot beriladi. Rushdiy bu asarini yozishda Arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq og’zaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — sufizm ta’limoti daholari haqida eng mukammal ma’lumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdanbir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetining qo’lyozmalar fondida saqlanadi.