Rushon tizmasi

Rushon tizmasi — G’arbiy Pomirdagi tog’ tizmasi (Tojikiston). Uzunligi 120 kilometr. Eng baland joyi Patxor cho’qqisi — 6080 metr. Rushon tizmasi granitoid, metamorfik va gilli slaneslar, kvarsit, qumtosh, ohaktosh, gneyslardan tarkib topgan. Yon bag’irlari tosh uyumlaridan, subtropik dashtlar va shuvoqli chala cho’l hamda cho’l vodiysi landshaftlaridan iborat. Daryo vodiylarida tol, jirg’anoq, terak, do’lana, qayin o’sadi.