Rustamov Alibek

Rustamov Alibek (1931.15.5, Yangiyo’l shahri) — manbashunostilshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), Filologiya fanlari Doktori (1968), professor (1968). O’rta Osiyo universiteti Sharq fakultetining eronafgon bo’limini tugatgan (1955). Shu universitetning tilshunoslik kafedrasida laborant (1956-57), aspirant (195759), o’qituvchi (1960). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi (196061), ToshDU Sharq fakuteti dotsenti (196165), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti umumiy tilshunoslik kafedrasining mudiri (1965-90), Toshkent sharqshunoslik instituti turkiishunoslik kafedrasining mudiri (1991-99), kafedra professor (2000 yildan). Rustamov asarlari turkiyshunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga, qadimgi turkiy (o’zbek) tili va yozuvi, Navoiy asarlari tilini o’rganishga, uslub va uslubshunoslik, aruz she’r tizimi, mumtoz adabiyot terminlari tadqiqiga bag’ishlangan; u, shuningdek, ilmiy va badiiy tarjima bilan shug’ullanadi (masalan, Atoulloh Husayniyning «Badoe ussanoe» asarining forschadan o’zbekchaga, Alisher Navoiyning «Mahbub ulqulub» asarining ruschaga tarjimasi); «O’zbek tilining izohli lug’ati»ni (1981) tuzishda qatnashgan. As: Mahmud Zamaxshariy, T., 1971; Navoiyning badiiy mahorati, T., 1979; Qadimgi turkiy til (hamkorlikda), T., 1982; Navoiy tilining grammatik xususiyatlari (hamkorlikda), T., 1984; so’z xususida so’z, T., 1987; adiblar odobidan adablar, T., 2003.