Rustamov Toshtemir
Rustamov Toshtemir (1906, Chimkent viloyati, Qorabuloq qishlog’i — 1943.18.8, Smolensk oblasti Dorogobuj rayoni, Aleksino qishlog’i) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1942 yildan frontda. 1083-o’qchi polki (G’arbiy front 5-armiyaning 312-o’qchi diviziyasi)ning o’qchisi. Rustamov 1943 yil 18 avgustda Smolensk oblastining Dorogobuj rayonidagi Borisovka qishlog’i uchun bo’lgan jangda o’z tanasi bilan dushman dzoti ambrazurasini berkitgan. 1944 yil 3 iyunda (o’limidan so’ng) Qahramon unvoni berilgan. Toshkent shahri va Sayram tumanidagi maktablardan biriga Rustamov nomi berilgan.