Ruta

Ruta — ikki tomonga ulanuvchi naqsh taqsimp; naqsh mujassamotini o’rab turadigan hoshiya naqsh. Amaliy bezak san’atining deyarli barcha turlari (naqqoshlik, ganch va yog’och o’ymakorligi, miskarlik, gilamchilik va hokazolar)da keng qo’llanadi. Rutaning kengligi naqsh mujassamotida turlicha bo’lishi mumkin, uning ketma-ket hamda to’nkarma usulda ulanadigan xillari mavjud. Ketma-ket ulanuvchi Rutalar 1, 2, 3 yo’nalishli bo’lib, har bir yo’nalish bittadan chiqish nuqtasiga ega bo’ladi. To’nkarma Rutaning taqsim asosini usta 2 buklangan qog’ozga chizadi, buklangan qog’ozni ochganda to’nkarma Ruta axta (ulgi)si hosil bo’ladi; unda 1-2, ba’zan 3 chiqish nuqtasi bo’lishi mumkin, bunday Rutada 3-chiqish nuqtasi (odatda, o’rtada bo’ladi) bo’sh joylarni to’ldirishga xizmat qiladi. 2 chiqish nukali Rutalarda «aylanma nusxa» deb ataladigan kompozitsiya ham uchraydi (ya’ni 2 nuqtadan chiqqan novdalar halqa hosil qiladi), to’ldiruvchi bo’laklar ham novdalarning o’rnashgan joyiga moslab chiziladi.