Sabzi

Sabzi (Daucus) — soyabonguldosh- lar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, sabzavot ekini. Sning 60 dan ortiq turi bor. Bir turi (D. carota) — madaniy S. ekiladi. Bu tur G’arb (O’rta er dengi- zi havzasidan kelib chiqqan 4 turxil — karotinli, sariq, oq, binafsharang Slar) va Osiyo (Afg’oniston va unga yaqin hududlardan kelib chiqqan 6 tur xil — sariq, binafsharang, qizil, to’q binaf- sharang, pushti, oq slar) kenja turiga bo’linadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakat- larda karotinli navlari etishtiriladi. Dehqonchilikda mil. AV. 2ming yillik- dan ma’lum. Xitoy, Frantsiya, Italiya, Rossiya va b. mamlakatlarda ko’p ekiladi. Jahon bo’yicha S. ekin mayd. 861 ming ga, yalpi hosili 18,4 mln. t, hosildorligi 214,3 ts/ga (1999). S. 1-yili barg chiqarib, ildizmeva beradi, 2-yili gulpoya chiqarib urug’beradi. S. namsevar (ayniqsa, unish, gullash va ildiz-meva tugish davrida), yorug’sevar, sovuqqa chidamli o’simlik (maysalari — 2° ga chidaydi). Urug’i 4-5° da unib chiqadi. 18-20° da yaxshi rivojlanadi. O’suv davri 80-110 kun. Osiyo kenja turiga kiradigan S. bargla- ri yaproqli, 3 karra patsimon qirqilgan. Guli 2 jinsli, to’pguli murakkab soyabon, hasharotlar yordamida changlanadi. Urug’i mayda, 1000 donasi 1-1,5 g. Ildizme- vasi sersuv, naviga qarab dumaloqroq, tsilindrsimon, rangi sariq, oq va ba’- zan qizg’ish, och kizil, uz. 8-17 sm, VAZ- ni 30-200 g va undan ortiq. Sabzisi (ildizmevasi)da 10-12 % qand, 9,2% uglevodlar, 1,1% azotli moddalar va S, V,, V2, RR vitaminlari, 9,0 (20-25 gacha) mg% karotin bor. S. inson oziq-ovqat ra- tsionida muhim o’rinda turadi. Xashaki navlarining ildizmevasi rangi oq, aso- san, chorvachilikda ozuqa sifatida ishla- tiladi. 100 kg ildizmevasida 14 ozuqa birligi, 0,8 kg hazm bo’luvchi protein, 80 g kaltsiy, 50 g fosfor bor. S. oziq-ovqat va shirali ozuqa sifatida, shuningdek, boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo si- fatida ishlatiladi. S. bir yilda 3 Mar- ta ekiladi. Ertagisi Fev. oxiri—mart boshlarida, yozgisi 15 iyun—15 iyulda, qishkisi noyab. oxiri — dek. Boshlarida ekiladi. Urugi 4° da 12-20 kunda unib chiqadi. Unib chiqishiga qadar suvga juda talabchan. Qator orasi 60, qatordagi tas- malar oralig’i 15-20 sm sxemada ekila- Di. Ikkinchi yaganadan keyin o’simliklar oralig’i 5-7 sm bo’lishi kerak, 1 ga erga 6-7 kg urug’sarflanadi. O’suv davrida o’toq qilinadi, yaganalanadi, qator orasi yumshatiladi, oziklantiriladi, 7-12 marta sug’oriladi. S. yalpi kavlab olina- Di. Hosildorligi 25-35 t/ga. Yangiligi- da iste’mol qilinadi, konservalar, tib- biyotda esa Sdan turli doridarmonlar tayyorlanadi. Shim. rayonlarda va evro- Pa mamlakatlarida, asosan, qizil, Mar- kaziy Osiyo mamlakatlarida sariq S. eki- ladi. O’zbekistonda xalq selektsiyasida S.ning juda ko’p navlari yaratilgan. Hoz. davrda S.ning mushak 195 (ertapishar) va Nurli (o’rtapishar), Mirzoy qizil 228, Mirzoy sariq 304 (o’rta ertagi), Nant 4, Shantane 2461 (o’rtagi) va ziynatli, ka- skade G’,, Puma G’, va b. navlari va dura- gaylari ekiladi. Zararkunandalari: sabzi pashshasi, kuyalar, o’tloq parvonasi. Kasalliklari: fomoz, alternarioz, sklerotinioz va b. Ad.: Balashev I.N., Zeman G.O., Sabza- votchilik, T., 1982; Bo’riev X.Ch., Abdulla- eV A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1989. Abdunabi Hakimov.