SADAFDORLAR

SADAFDORLAR (Unio) — ikki tavaqalilar sinfiga mansub mollyuskalar urug’i. Chig’anog’ining uzunligi 13,7 santimetrgacha. Yevropa, Shimoliy Afrika va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Daryolarda, ko’l qirg’oqlarida yashaydi. Suvdagi organik moddalar bilan oziqlanadi. Ponasimon oyog’i yordamida harakatlanadi. Ayrim jinsli; urug’langan (400 mingtacha) tuxumini urg’ochisi jabrasiga qo’yadi. Tuxumidan baliqlarda parazitlik qiluvchi lichinka (gloxidiya) rivojlanadi. Chig’anog’idan sadaf olinadi.