SADAQAYRAG’OCH

SADAQAYRAG’OCH (Uemus densa) qayrag’ochdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Bo’yi 10-20 metr, shox-shabbasi sharsimon yoki ellipssimon. Bargi yirik, uzunligi 3-7 santimetr, eni 1,5—3 santimetr, tuxumsimon, cheti arra tishli, usti tuksiz yoki yumshoq tukli. Barg bandi qisqa — 6-7 millimetr, siyrak tukli, shoxchalari sertuk. Guli kalta novdalarda to’pto’p o’rnashgan. Gulqo’rg’oni 4-5 bo’lakli, changchilari 4 ta. Mevasi qanotchali, 2 santimetr. Fevral— martda gullaydi. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistonning tog’lik hududlarida o’sadi. Manzarali o’simlik, qadimdan ekiladi.