Sa’diev Yodgor Habibovich

Sa’diev Yodgor Habibovich (1946.12.6, Toshkent) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (1998). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in- tini tugatgan (1971). 1968 y.dan hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998 y.dan O’zbekiston ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati qoshidagi «qalqon» studiyasining badi- iy rahbari. S. ijodi ijtimoiy, fal- Safiy va g’oyaviy mazmun ila yo’g’rilgan bo’lib, qahramonlar xususiyatini, ij- timoiy muhit b-n munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixo- logik o’tkir tarzda talqin etishi b-n ajralib turadi. Kaxramonga dramatic xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uyg’unlashtira olishi b-n diqqatga sa- zovor. «Mirzo Ulug’bek» spektaklidagi Frantsiya elchisi sahnadagi ilk obrazi- dir. Karl Morr («Qaroqchilar»), Kochka- ryov («uylanish»), ertakchi («qor Malika- si»), G’ofir («boy ila xizmatchi»), Pro- metey («olovni tashlama, Prometey»), Kichik o’g’il («G’ariblar»), Bobur («yul- duzli tunlar»), Klimkov («ro’yxatlarda yo’q»), Arslon («oyna»), Abdurahmon («Mehrobdan chayon»), Filipp («ro’yo», 1983 y. shu rol uchun yilning eng yaxshi erkak rolini olgan), Abror Hidoyatov («Tomosha davom etadi») kabi rollari b-n mashhur. S. kinoda «Dilbarim»da Abdu- salom, «o’n uch terak ko’chasi»da Olimjon, «Armon»da Dadabo’ri, «engilmas»da Shayx Ja’far, 20 qismli «Shaytanat»da Asadbek roli b-n Shuxrat krzondi. «Shaytanat»ning 7 dan 20-qismigacha S. rej.lik ham qilgan. Shuningdek, telefilm, videofilm va teleposta- novkalar («Abu Ali ibn Sino»da Ibn Sino, «diyonat»da Jabbor, «girdob»da Yo’ldosh, «Alisher Navoiy»da Badiuz- zamon, «imon»da Orifjon, «Ichkuyov»da O’rinboy, «so’nggi o’q»da Jahongir va b.)da xam o’ynagan. Rej. sifatida «Al- dagani xotin yaxshi» (J.Puare), «Tungi mehmon» (F.Bogdanov), «xayot eshik or- tida» (S.Sirojiddinov) kabi spektak- llarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Hamza no- midagi O’zbekiston Davlat mukofoti la- ureati (1989).