Sadizm, faol alkolagniya

Sadizm, faol alkolagniya (tibbiyotda) — seksual buzuklikning bir turi; jinsiy qoniqish, jinsiy aloqa qiluvchi sherigiga jinsiy yaqinlik vaqtida iztirob berish va jismonan og’riq yetkazish bilan ifodalanadi. «Sadizm» termini o’z asarlarida ko’plab jinsiy jinoyatlarni tasvirlagan frantsuz yozuvchisi Markiz de Sad (1740-1814) nomidan olingan. Bunday sadistik xatti-harakatlar ko’lami juda keng bo’lib, oddiygina ruhiy iztirob berishdan jinsiy aloqa qilayotgan (partnyor) sheriklarini o’ldirib qo’yish darajasigacha yetadi. Sadizmning oldini olishda jinsiy tarbiya va jinsiy buzuqliklarga qarshi kurash olib borishning ahamiyati katta. Keng ma’noda Sadizm — birovni azoblab rohatlanish, birovning ozor chekishidan lazzatlanish.