«Sadoi Turkiston»

«Sadoi Turkiston» («Turki- ston ovozi») — jadidlarning ijtimo- iy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1914 y. 4 apr.dan 1915 y. 10 apr.ga qadar tosh- kentda o’zbek tilida nashr qilingan. Gaz. Ubaydulla Asadullaxo’jaev (Xo’jaev) tomonidan tashkil etilgan va uning muharrirligida faoliyat ko’rsatgan. «ST.»V. M. Ilinning xususiy bos- maxonasida, har bir soni o’rtacha 1000 nusxadan chop kilingan, obuna va cha- kana savdo yo’li b-n tarqatilgan. Gaz. ni haftada 2 marta chiqarish ko’zlangan bo’lsada, ammo bunga erishilmagan. Gaz. haftada 1 marta 4 sahifada bosilgan. Gaz. tahririyatining o’zagini 20-a. bo- shidagi o’zbek ma’rifatparvar adabiyoti va publisistikasining etakchi namoyan- dalari Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Muzaffa- rovlar tashkil etgan. Ular bosh moharrir U. Asadullaxo’jaevga gaz. Faoliyatini yo’lga qo’yishda faol ko’maklashganlar. Gaz. qiyofasini belgilaydigan asosiy maqolalarni ham shular yozishgan. «S. T.»da davrning to’lagan Xo’jamyorov (Tavallo), Abdulhamid Sulaymonov (Cho’lpon), Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirmuhsin (Shermuhamedov), Abdulla Qodiriy, Xolid Sayd, Saidnosir Mir- Jalilov, Mo’minjon Muhammadjonov, Abdulla Erg’oziev, No’shiravon Yovushev, Siddiqiy, Lutfulla Olimiy, Ibrohim Davron, Shokirjon Rahimiy kabi mil- latparvar adib va ziyolilari faol hamkorlik qilganlar. Turkistonning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga ko’maklashish maqsadida chiqarilgan bu gaz.da milliy ta’limni zamonaviylashtirish, millat dardini aks ettiruvchi adabiyot va san’at yara- tish, millat ongini yuksaltirishga xiz- mat qiluvchi matbuotni rivojlantirish, ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, axloqiy tarbiyani kuchaytirish va b. davr uchun dolzarb muammolar keng yoritilgan. «S.T.»yurtparvarlik, millatpar- varlik, ma’rifatparvarlik kabi oli- janob g’oyalarni izchil targ’ib qilgan, Turkiston istiqloli va istiqbolining ma’naviyaxloqiy negizlariga daxldor muammolarni dadil ko’tarib chiqqan. Gaz. asosiy e’tiborni milliy taraqqiyotni yuzaga chiqarishga qodir bo’lgan ma’rifat- li, insofli, diyonatli insonlarni tar- biyalashga yo’naltirdiki, bu uning tari- xiy xizmatidir. Milliy hislarni tar- biyalashdagi sobitligi jihatidan «S.T.» o’sha davrdagi milliy matbuot nashrlari safida oldingi o’rinda turadi. Gaz. FA- oliyati moddiy qiyinchiliklar tufayli to’xtagan. Jami 66 soni chiqqan, xolos. U. Asadullaxo’jaev 1916 y.da «ST.»faoliya- tini Andijon sh.da tiklamoqchi bo’lgan. Biroq Farg’ona viloyati harbiy guberna- tori gaz.ni chiqarishga ruxsat bermagan. Ad.: Abduazizova N.A., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.