Sadri jahon
Sadri jahon — 1213-a.larda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. «Kitobi mullazo- da» asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xona- doniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. S.j. unvoni unga Sulton Sanjar tomoni- dan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafo- tidan so’ng bu lavozim o’g’li, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning AV- lodlari 1207 y.gacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. So’nggi S.j. Burhoniddin Muhammad ibn Ahmad o’sha yili Muhammad Xorazmshoh tomonidan mansabdan tushirilgan. Burhonlarning ayrim namoyandalari ilgarigidek nu- fuzga ega bo’lmasalarda, imtiyozlari mo’g’ullar davrida ham saqlanib qolgan. Ular vaqf erlarni nazorat qilishgan; o’z erlari, savdohunarmandchilik kor- xonalari bo’lgan, karvon savdosi b-n shug’ullanishgan. 13-a.da Malik San- jar S.j.larga qarshi xalq qo’zg’olonini boshqargan (yana q. Malik Sanjar qo’zg’oloni).