SAFAR OYI

SAFAR OYI — qamariy yil hisobida, ya’ni oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy-qamariy yil hisobida 2-oyning Arabcha nomi; 29 kunga teng. Bu oyning xususiyati yilning boshqa oylari bilan bir xildir. Islomga ko’ra, bu oyda ham marosimlar, to’ylar, safarlarni amalga oshirish mumkin. Oyning xosiyatsiz ekani to’g’risidagi ba’zi fikrlar asossiz.