Safaviya

Safaviya — sufiydarvishlik tariqati. 13-a. oxirida Eron Ozarbay- jonida paydo bo’lgan. Asoschisi — Shayx Safiuddin Ishoq (1252-1334). S. dast- lab o’z tarafdorlarini hukmdorlarning jabrzulmlaridan himoya qiladigan Di- niy jamoa sifatida shakllangan. 15-a.da S. rahbarlari Arda- bil hukmdorlariga, S. esa ular hokimiyatining tayanchiga aylandi. Qizilboshlilar S. shayxlarining harbiy tayanchi bo’lgan. S. tarafdorlari shialikdan mafkuraviy qurol sifatida foydalangan. 1499 y. Ismoil I (1487— 1524) boshchiligida S. tarafdorlarining Oq qo’yunli davlatiga qarshi harakatlari g’alaba qilgandan so’ng Safaviylar davla- ti (1502-1736) tashkil topdi, shialik bu davlatning rasmiy dini deb e’lon qilindi. Safaviylar davlati tarkibi- ga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hoz. Afg’oniston (Balx VI- loyatidan tashqari), Iroq Arabistoni (vaqtvaqti b-n) va b. hududlar kirgan edi. Bu davlat Usmonli turk imperiyasi va o’zbek xonlari b-n uzluksiz urush olib borgan.