Safiuddin al-Urmaviy

Safiuddin al-Urmaviy, sa- fiuddin Abdulmo»min bin Yusuf alur- maviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya — 1294, Bag’dod) — Sharq musiqa naza- riyotchisi, bastakor, sozanda va xonanda. S. alu. Bag’dodda vafot etganligi sabab- li G’arb olimlari alBag’dodiy deb ham yuritadilar. Mahmud ashSheroziyning yozishicha, o’z zamonasining Sharq musiqa nazariyasi bo’yicha tengsiz olimi bo’lgan. Uning «kuy yaratishga doir Sharafiya (Sharafuddin) risolasi» («Risolat ush- Sharafiyya finnisbatitta’lifiyya»), «Musiqa va ritm doiralari kitobi» («Kitob uladvor») asarlari Sharq musiqa nazariyasi taraqqiyoti tarixida alohida o’rin tutadi. S. alu. bu risolalarida o’n imey maqom, olti ovoza, 24 sho»ba va usul doira (turkum)larini birinchi bo’lib yax- lit tizimga solib o’rganib chikdi. Shu- ningdek, mazkur asarlarida nag’ma hosil etiladigan manbalar, bo»dl&r, jinslar, jamlar, alhon, cholg’u asboblar, iyqo ma- salalarini tahlil qilgan. S. alu. na- zariy qarashlarini, musiqa ijrosiga doir fikrlarini isbotlash uchun Sharq xalqlari kuylaridan 2 tasini jadval- lashtirib, dastlabki nota yozuvlarini IX- tiro qilgan. S. alu.ning musiqaga doir risolalari Sharq xalqlari, jumladan, O’rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida alohida o’rin egallaydi. Uning ikkala kitobini frantsuz olimi D.R.Erlanje frantsuz tiliga tarjima qilib, nashr et- tirgan. Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasi- ga doir, T., 1963.