SAG’ANAQSOY

SAG’ANAQSOY (Qoraqushsoy) Samarqand viloyatidagi soy, Korasuv daryosi irmog’i. Uz. 30 km, havzasining mayd. 100 km2. Qo’ytosh tizmasining Jan. yon bag’ridagi buloqdan (bal. 1700 m) boshlanadi. Yuqori oqimida Ugat qishlog’igacha Nuchkalisoy deb ataladi. Kiykim qishlog’idan pastda yozda qurib qoladi. Qoryomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 0,258 m3/ sek., oqim moduli 5,8 l/sek.km2. O’rtacha yillik suv sarfi 0,609 m3/sek. dan (ser- suv yilda) 0,047 m3/sek.gacha (kamsuvli yilda). Bahorda sersuv, ba’zan toshadi.