Sagatov Serikbay Juzjasarovich
Sagatov Serikbay Juzjasarovich (1949.14.9, Tomdi tumani) — ilg’or qorako’lchi chorvador, O’zbekiston Qahramoni (2003). O’rta maktabni tamomlaganidan keyin mehnat faoliyatini 1964 yilda Tomdi tumanidagi «birlik» jamoa xo’jaligida yordamchi cho’pon bo’lib boshlagan. 1970 yildan shu xo’jalikda (2000 yildan shirkat xo’jaligi) bosh cho’pon. Qizilqum cho’li sharoitlarida qorako’lchilikni tiklash va rivojlan- tirish ishlariga katta hissa qo’shib kelmoqda. Qorako’l qo’ylari zotini yaxshilash, Qorako’l qo’ylari zootexnikasi, zamonaviy veterinariya-sanitariya amaliyotini takomillashtirish va joriy etish bo’yicha muhim yutuklarni qo’lga kiritdi. Ko’p yillar davomida har 100 soaliqdan 114-120 bosh qo’zi olib, ularning 75— 95%ini o’stirishga qoldirishga (2003 yildan har 100 sovliqdan 120 tadan qo’zi, 95% ini o’stirishga qoldirdi), sotiladigan Qorako’l terilari navlarini oshirishga erishdi.