SAG’RON

SAG’RON, Sug’ron — Pomir shimoliy g’arbidagi muzlik. Pyotr I tizmasining shimoliy yon bag’rida. Uzunligi 24 kilometr. Maydoni 48 kilometr kvadrat, 2880 metr balandlikda tugaydi va undan Muksuvning chap irmog’i Sag’ron (Sug’ron) daryosi boshlanadi.