SAID ABDULLAXON

SAID ABDULLAXON (? 1933, Krivoy Rog sh., Ukraina) — Xiva xoni (1918-20), qo’ng’irotlardan. Feruzshtt o’g’li. Ukasi Asfandiyorxon suiqasd na- tijasida o’ldirilgach, Junaidxon to- monidan Xivaga xon qilib ko’tarilgan (1918 y. 3 okt.). S.A. jismoniy jihatdan zaif va irodasiz bo’lib, Xiva xonligi- dagi barcha ishlarni amalda yasovulboshi Davlatmurod maxram orqali Junaidxon boshqargan. Junaidxon o’z kishilari: Choriqboy (Toshhrvuz), Safar Depmechi (Ilyali), Qilich Qora (Porsu), Goklan bola (Mang’it), Anna Geldibek (taxta), Xalil Maxsum (Urganch), Shixim Sulg’un (Xiva)larni hokim qilib tayinlagan. Xiva xonligi qizil askarlar tomoni- dan bosib olingach, S.A. taxtdan voz ke- chishga majbur bo’ldi (1920 y. 2 Fev.) va iltimosiga kura, u Xivada qoldirilgan. Biroq, Xivadagi Muhammad Aminxon madrasasida qozikalon Ibrohim Oxun boshchiligida bo’lgan ulamolarning qizil askarlarga qarshi ko’targan isyoni (1920 y. 23 iyun) dan keyin, bu isyonga hech qanday aloqasi bo’lmasa ham S.A. va uning harami, yaqin qarindoshlari, 10 to’ra hamda Hikmatilla Oxun (qoziaskar), Obid Oxun va b. Xorazm Xalq Sovet Re- spublikasi (XXSR)dan badarg’a qilingan (1920 y. yozi). Dastlab Moskvadagi Lu- Byanka — 2; Novospassk, Ivanovo Mona- stirlaridagi qamoqxonalarga tashlan- gan. 1923 y.da S.A. va uning avlodlari Ukrainaning Ekaterinoslav gubernyasiga surgun qilingan. U surgunlikda 10 y. yashagan. So’ngra kasallanib, vafot etgan. Xorazmlik adib qo’zi davat S.A. haqida «Xusumat» (Nukus, 2001) tarixiy Roma- nini yozgan. Ad.: Davlatyor Rahi m , Sh ixnazar Matrasul, Feruz. Shoh va shoir qismati, 1kitob, T., 1991; Xudoyberganov K., Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996; Xorazm tarixi, 2j., Urganch, 1997; Polvonniyoz Hoji Yusupov, yosh xivaliklar tarixi (xotiralar), Urganch, 2000.